Yangi nashrlar

Saytning oxirigi yangilanish:
14.11.2018 09:35:16

Dalillar qisqa satrlarda

Yangi nashrlar

Saytning oxirigi yangilanish:
14.11.2018 09:35:16

Dalillar qisqa satrlarda

Yangiliklar va pres-relizlar

Milliy ekspertlar mamlakatda ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirish masalalarini muhokama qilmoqdalar

Davlat va nodavlat tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot va moliyaviy institutlar vakillari "Ơzbekistonning ijtimoiy himoya tizimini baholash" mavzusidagi seminarda ishtirok etdilar. Ushbu tadbir Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, UNICEF, Jahon banki va Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan tashkil qilindi.

O’zbekiston hukumati chaqaloqlar hayotini saqlab qolishning yangi yo’llarini izlamoqda

Oliy Majlis qonunchilik palatasi, davlat va nodavlat tashkilotlari, xalqaro expertlar va O`zbekistonning barcha viloyatlaridan kelgan sog`liqni saqlash tizimi mutaxassislari yangi tug`ilgan chaqaloqlarning oldini olish mumkin bo`lgan o`limini kamaytirish va ularni parvarish qilish sifatini yaxshilash bo`yicha milliy konsultasiyada qatnashdilar.

Jabrlangan va jinoyat guvohi bo'lgan bolalarni so’roq qilishda alohida yondashuv

O’zbekistonda har yili bolalarning muayyan bir qismi jabrlanuvchi va jinoyat guvohi sifatida qonun bilan kontaktda bo’ladilar. Ichki ishlar idoralariga so’roq qilinish yoki guvohlik berish uchun tashrif buyurgan bolaga atrofidagi notanish muhit va odamlar bilan muloqotda bo’lishning o’zi katta stressdir.

O’zbekiston ijtimoiy ish sohasida yangi yondashuvlarni kashf qilmoqda

Nilufar Mo’minova uchun ijtimoiy ish keng qamrovli ma’noni o’z ichiga oladi. Uning bir yo’nalishi voyaga etmagan, ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar tomonidan amalga oshiriladigan huquqbuzarliklarning oldini olish deb hisoblaydi. “Nazoratsiz qolgan bolalarga jamiyatda o’z o’rnini topib, sog’lom turmush tarziga qaytishi borasida amalga oshiriladigan choralarni ijtimoiy ish deb belgilayman”, - deydi u.

O'zbekistonda qonun bilan kontaktda bo'lgan bolalarni himoya qilish

Ichki ishlar vazirligi tergovchilari, Bosh prokuratura akademiyasi o’qituvchilari va jinoiy ishlar bo’yicha sudyalar jabrlangan va jinoyat guvohi bo'lgan bolalarni so’roq qilishda ularga nisbatan do’stona munosabatda bo’lish borasidagi ilg’or xalqaro tajribani o’rganish uchun UNICEF tomonidan tashkil qilingan treningda ishtirok etdilar.

Muhojir ota-onalar tomonidan tashlab ketilgan himoyaga muhtoj bolalar masalalarini hal etish yo’lida

O’zbekistonning to’rtta hududu – Buxoro, Xorazm, Farg’ona va Surxondaryoa viloyatlarida migratsiya ta’siriga tushgan bolalar ehtiyojlarini aniqlash maqsadida mehnat muhojirlarining mingta oilalari holati o’rganiladi.

O’zbekiston alohida e'tiborga muhtoj bolalarni himoya qilishga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi

O'zbekistonda ijtimoiy jihatdan alohida e’tiborga muhtoj bolalarni himoya qilish bo’yicha chora-tadbirlarni muhokama qilishga bag’ishlangan xalqaro konferensiya Toshkentda o’z ishini boshladi. Ushbu sohadagi milliy siyosat va jahon amaliyoti muhokama qilinadigan ushbu tadbirda Hukumat vakillari va bir qator davlatlardan tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.

Toza qo’llar - salomatlik resepti

15 oktabr - Global qo'l yuvish kuni! Bu yilgi mavzu qo’llarni yuvish va ovqatlanish, xususan oziq-ovqat va ozuqalanish gigiyenasi orasidagi bog’liqlikka bag’ishlanadi.

Har bir qiz munosib ta'lim va kasbga loyiqdir

Ravshan Kenjayev, o'qituvchi

Ehtimol, har qanday erkak kishi o'g'l farzandi bo'lishini istar. Bu menga ham tegishli edi. Rafiqam va men birinchi farzandimizni kutganimizda, men o'g'il tugìlisa ham, qiz tugìlisa ham quvonishga ruhan tayyor edim. Eng muhimi sog'lom bo'lsa bas. To’ng’ichimiz qiz bo’ldi. Keyinchalik oilamizda yana ikki qiz dunyoga keldi.

11 oktabr - Xalqaro qizlar kuni

Qiz bola. U baxtli bo'lish uchun tug'ilgan

Har bir bola o'zining to`liq salohiyatini amalga oshirish uchun adolatli imkoniyatga ega bo`lishga loyiqdir. Biroq butun dunyo bo'ylab gender tengsizligi buni ro’yobga chiqarish uchun qizlar oldida to’siqlar yaratadi. Qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish va ularning huquqlarini amalga oshirishga ko'maklashish maqsadida butun dunyo hamjamiyati 11-oktabrni Xalqaro Qizlar kuni sifatida nishonlaydi.