Xavfsiz xulq-atvor hayotni saqlaydi

Chop etish versiyasi
13 Oktabr 2017

Har yili 13 oktabrda  jahon hamjamiyati tabiiy ofatlarni kamaytirish xalqaro kunini nishonlaydi.  Bu kun insonlarning ofatlar xatarini kamaytirish yo’lidagi sa’y-harakatlarini namoyish etadi. Ushbu sana alohida shaxslar, hamjamiyatlar va hukumatlarni ofatlarga qarshi tura olish salohiyatini oshirishga chorlaydi.

Tabiiy ofatlarni kamaytirish xalqaro kunini har yili turli mavzularga bag’ishlanadi. "Uy – xavfsiz uy" bu yil uchun tanlangan mavzu bo’lib, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, insonlarni ulardan himoya qilish va ziyon ko’rganlar sonini kamaytirish bo'yicha xabardorlikni oshirishga qaratilgan.  Bunda favqulodda vaziyat natijasida o'lim, shikastlanish, sog'liqqa ziyon yetkazish, yashash joyini yo'qotish hamda asosiy ijtimoiy xizmatlarga ega bo’lmaslik xavfi yuqori bo'lganlarga alohida e’tibor qaratiladi.

1.jpg

"Texnogen va tabiiy ofatlar bolalar uchun eng katta xavf tug’diradi. O'zbekiston geografik jihatdan zilzila, qurg'oqchilik va sel kabi tabiiy ofatlarga moyil hududda joylashgan. Shu sababli UNICEF maktablarda va aholi orasida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni oshirish va bunday holatda to’g’ri harakat qilish bo’yicha hamkor tashkilotlar bilan ish olib boradi", - deydi UNICEFning tabiiy ofatlar tahlikasini kamaytirish bo’yicha maslahatchisi Sherzod Hoshimov.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Xalq ta'limi vazirligi bilan hamkorlikda UNICEF «Hayot xavfsizligi asoslari» kursi bo'yicha resurs va axborot materiallari to'plamini ishlab chiqdi. Ushbu materiallar o'quvchilarga tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni beradi. Bunday bilimlar o’quvchilarga favqulodda vaziyatlarda to’g’ri harakat qilishda yordam beradi.

3.jpg

Favqulodda vaziyatlarda to’g’ri harakat qilish ko’nikmalari hayotni saqlab qolishini inobatga olib, mazkur materiallarni mamlakat bo'ylab maktablarda bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, UNICEF Xalq ta'limi vazirligi bilan birgalikda maktablarda tabiiy ofatlar tahlikasini kamaytirish va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni monitoring qilish tizimini takomillashtirish bo’yicha ish olib bormoqda. Monitoring tizimi maktablarga favqulodda vaziyat paytida to’g’ri harakat qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada yaxshilashga yordam beradi.

Muallif: UNICEF

Marta o’qilgan: 184


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar