O’zbekiston hukumati chaqaloqlar hayotini saqlab qolishning yangi yo’llarini izlamoqda

Chop etish versiyasi
08 Noyabr 2018
DSC_6351.JPG

Oliy Majlis qonunchilik palatasi, davlat va nodavlat tashkilotlari, xalqaro expertlar va O`zbekistonning barcha viloyatlaridan kelgan sog`liqni saqlash tizimi mutaxassislari yangi tug`ilgan chaqaloqlarning oldini olish mumkin bo`lgan o`limini kamaytirish va ularni parvarish qilish sifatini yaxshilash bo`yicha milliy konsultasiyada qatnashdilar.

BMTning yaqinda e’lon qilingan bolalar o’limi haqidagi global hisobotiga ko’ra, dunyo miqyosida bolalarning tirik qolishida sezilarli muvaffaqiyatga erishildi. Hozirda, 1990 yilga nisbatan millionlab bolalar tirik qolish uchun yaxshiroq imkoniyatlarga ega. Biroq, hisobotda aytilishicha, so’nggi yigirma yil mobaynidagi ushbu yutuqqa qaramay, faqatgina 2017 yilning o’zida 5,4 million bolalar besh yoshga to’lmasdan nobud bo’ldi. Ulardan 2,5 millioni bir oydan ko’p yashamdi.

O’zbekistonda, 5 yoshgacha bo’lgan bolalar o’limining oldini olishda sezilarli muvaffaqiyatga erishilgan bo’lsa-da, rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, 5 yoshga to’lmasdan vafot etgan bolalar o’limining 57 foizi neonatal davrda (dastlabki 28 kun ichida) sodir bo’lmoqda.

“O’zbekiston hukumatining bolalar hayotini saqlab qolish borasidagi say-harakatlari maqnovga sazovor. Biroq yangi tug’ilgan chaqaloqlarning nobud bo’lish ko’rsatkichi hali ham yuqori. Bu nomaqbuldir, chunki yangi tug’ilgan chaqaloqlar ko’pchiligining hayotini saqlab qolish mumkin edi,”- dedi UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonas rahbari Sasha Graumann. “Yangi tug’ilgan chaqaloqlar va onalarning salomatligini yaxshilash mamlakatning umumiy rivojlanishi uchun ham juda muhimdir,”-deb qo’shimcha qildi u.

DSC_6399.JPG

Turli tadqiqotlarning natijalariga ko’ra, onalar, yangi tug’ilgan chaqaloqlar va bolalar o’limining oldini olishga sarflangan har bir dollar, vaqti kelib, sarmoyani bir necha bor ko’paytirib qaytarar ekan. Bolalarning salomatligiga sarmoya qilish kambag’allikni kamaytiradi hamda iqtisodiy samaradorlik va o’sishni ta’minlaydi.

Tadbir ishtirokchilari yangi tug’ilgan chaqaloqlar salomatligi holati borasida O’zbekistondagi vaziyatni tahlil qilishdi. Ular neonatal parvarishni yaxshilash yo’llarini muhokama qilishdi va yangi tug’ilgan chaqaloqlarning oldini olish mumkin bo’lgan o’limiga chek qo’yish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqishdi.

Sog’liqni saqlash vazirligi rahbarlari va boshqa mutaxassislar yangi tug’ilgan chaqaloqlar uchun kamsarf va sifatli tibbiyot xizmatlarini ta’minlaydigan, tadbiq etish mumkin bo’lgan echimlarni topishga va shu yo’sinda O’zbekistonda chaqaloqlar hayotiga o’zgartirish kiritishga kelishdilar.

Marta o’qilgan: 115


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar