Milliy ekspertlar mamlakatda ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirish masalalarini muhokama qilmoqdalar

Chop etish versiyasi
09 Noyabr 2018
DSC_0122-1.jpg

Davlat va nodavlat tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot va moliyaviy institutlar vakillari "Ơzbekistonning ijtimoiy himoya tizimini baholash" mavzusidagi seminarda ishtirok etdilar. Ushbu tadbir Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, UNICEF, Jahon banki va Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan tashkil qilindi.

Seminar ishtirokchilari Ơzbekistonda ijtimoiy himoya tizimini baholash natijalarini muhokama qildilar. Ushbu baholash hukumat taklifiga muvofiq uchta xalqaro tashkilot tomonidan ơtkazilgan bơlib, u qonunchilik va institusional asoslarni, ijtimoiy himoya dasturlarining loyihalash va amalga oshirish mexanizmlarini aks ettiradi va bu boradagi ishlarni takomillashtirish bơyicha taviyalarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Ơzbekistonda ijtimoiy himoya tizimi yaxlitlikda amalga oshirilmaydi, bu esa, ơz navbatida, ijtimoiy himoyaga sarflanayotgan xarajatlarning samarali bơlmasligiga hamda ijtimoiy xizmatlar sifatining pasayishiga olib keladi. Seminar ishtirokchilarining ta'kidlashicha, ijtimoiy himoyaning milliy strategiyasi zarurligi hamda ijtimoiy himoya sektoriga mas'ul bơlgan yagona organning tashkil etilishi ushbu sohani mukammalashitirishga xizmat qiladi. Bu turli ijtimoiy dasturlar ơrtasida muvofiqlashtirishni kuchaytirishi hamda aholining zaif qatlamlari uchun ijtimoiy xizmatlardan bahramand bơlish imkoniyatini yaratishi mumkin.

DSC_0084-1.jpg

“Ơzbekiston ijtimoiy himoya hukumat tomonidan ham, hamjamiyatlar tomonidan ham kơrsatilishining kuchli tarixiga ega. Biroq sơnggi yillarda tizim bơlaklangan bơlib, bu holat qamrov va xizmatlar sifatining samarasiz bơlishiga olib keldi,” - dedi Yuliya Oleynik, UNICEFning Ơzbekistondagi vakolatxonasi Ijtimoiy siyosat bơlimi rahbari. “Aholining zaif qatlamlari xavf va zarbalardan himoyalangan bơlishi uchun ijtimoiy himoya tizimini isloh qilish ustuvor masala bơlishi kerak,”-deb qơshimcha qildi u.

Ơzbekistonda, yalpi ichki mahsulotning 10 foizga yaqini ijtimoiy tơlovlar va nafaqalarga ajratiladi, bu xalqaro amaliyotga muvofiq yaxshi kơrsatkichdir. Davlat budjetining 60 foizga yaqini ijtimoiy xarajatlarga sarflanadi. Biroq ijtimoiy himoya tizimiga qilinaёtgan sarmoyalarning samaradorligini yanada takomillashtirish lozim. Bolalar, nogironligi bơlgan insonlar va norasmiy sektordagilarni mavjud tizim etarlicha qơllab-quvvatlamaydi. 2018 yil iyul oyida ơtkazilgan uy xơjaliklari milliy sơrovining natijalariga kơra, past daromadli oilalarning 75 foizi ijtimoiy nafaqa olmas ekan. Oilalarni qơllab-quvvatlaydigan va ularni kam daromadli holatdan chiqarish uchun zarur bơlgan ijtimoiy ish hukumat ichidagi funksiya sifatida shakllantirilmagan.

UNICEF mamlakatda ijtimoiy himoya tizimini yaxshilash uchun Ơzbekiston hukumati bilan yaqindan hamkorlik qiladi va hech kimni e'tiborsiz qoldirmaslik maqsadida islohotlarni amalga oshirishni qơllab-quvvatlaydi.

DSC_0286-1.jpg

Marta o’qilgan: 114


UNICEF is the driving force that helps build a world where the rights of every child are realized. We have the global authority to influence decision-makers, and the variety of partners at grassroots level to turn the most innovative ideas into reality. That makes us unique among world organizations, and unique among those working with the young.

Boshqa yangiliklar